Eurasian Journal of Academic Research 3-jild 12-son (2023) · 53–56-betlar

QURUTILGAN YAPON LAMINARIYASIDAN SUT ACHITUVCHI BAKTERIYA AVLODLARINI AJRATISH VA ULANING ANTIOKSIDANT FAOLLIGI ANIQLASH

Koziyev, B.U., Elova, N.A., Malikova, D.

Manbada o'qish →

Annotatsiya

Antioksidant faollik organizmdagi muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Bunda tanadagi erkin radikallar elektronlar bilan to‘yinishi hisobiga ular zararsizlantiriladi. Hozirgi kunda bir qancha sut achituvchi bakteriyalar antioksidant moddalar ishlab chiqarishi ma’lum. Ulardan L. plantarum, Pediococcus acidilactisi va boshqalar antioksidantlik ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lganligi sababli alohida e’tiborga sazovor. Ushbu tadqiqotda quritilgan dengiz karami “Yapon laminariyasi” dan sut achituvchi bakteriyalar ajratib olindi, MALDI-TOF MS usulida identifikatsiyalandi va shtammlarning antioksidant faolligi DPPH (2,2-difenil, 1-pikrilgidrozil) moddasi yordamida o‘rganildi.

Sut achituvchi bakteriyalar, yapon laminariyasi, antioksidantlik, L. plantarum, Pediococcus acidilactisi, DPPH (2,2-difenil, 1-pikrilgidrozil), MALDI-TOF MS.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.