Eurasian Journal of Academic Research 3-jild 2-son (2023) · 195–198-betlar
INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA IKKI SOMATIK KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TAHLILI
Kurbonova, Marguba
Annotatsiya
Ushbu maqola ikki somatik komponentli frazeologik birliklarni o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, ingliz va o`zbek tillarida bir ibora tarkibida inson ikki tana azolari nomlari bilan ifodalangan frazeologik birliklar haqida ma'lumot beradi va bu bizga ingliz va o`zbek tillarida ularning asosiy omillarini ochib berish imkonini beradi. Shuningdek ular yuzasidan tilshunos olimlar olib borgan ilmiy izlanishlar o`rganib chiqilib, ingliz va o'zbek tillaridagi ikki somatik komponentli frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollar bilan tahlilga tortiladi. Ushbu ishning maqsadi ikki somatik komponentli frazeologik birliklarni o`rganish hamda ularning ingliz va o`zbek tillarida o`xshash va farqli tomonlarini topib, tahlil qilishdan iborat.
Somatizm, somatik ibora, frazeologik birlik, frazeologiya, somatik frazeologizm, leksema, lingvomadaniy, ibora, komponent, ikki somatik komponentli ibora.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.