Eurasian Journal of Academic Research 3-jild 4-son (2023) · 60–70-betlar
TIL TA’LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI
Ayupov, Ravshan, Maksimkulava, Shohista, Baltabaeva, Guzal
DOI: 10.70413/ejar-v03-i04-ps-013 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada chet tillarini o'rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qancha samarador imkoniyatlari o’rganiladi va tahlil qilinadi. Raqamli texnologiya tushunchasi va uning chet tillarini o'qitishda qo'llanilishining turli zamonaviy usullari solishtiriladi va batafsil ko'rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarning uslubiy, didaktik va tarbiyaviy xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqola mualliflari raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishning xilma-xil algoritmlarini taklif qiladilar, shuningdek, tildan tilga tarjima qilish va til o'rganish uchun mo’ljallangan ba'zi uslubiyatlar va vositalarni taklif qilishadi.
Raqamlashtirish, sun’íy intellekt, avtotarjimonlar, VR, AR, wiki, wiki texnologiyasi, yozish qobiliyatlari, matn generatsiyasi, axborotlashtirish, ta'lim, tarjima, til ta’limi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.