Eurasian Journal of Academic Research 3-jild 6-son (2023) · 22–32-betlar
EKOTIZIM XIZMATLARINI IQTISODIY BAHOLASH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI
Saydullayev, Abbosjon
DOI: 10.5281/zenodo.8004498 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ekotizim inson farovonligi uchun juda muhim bo‘lib, bizni ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizimlarimizni qo‘llab-quvvatlovchi muhim resurslar va xizmatlar bilan ta’minlaydi. Barqaror rivojlanishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib borayotganligi sababli, ekotizim xizmatlarining iqtisodiy bahosi samarali siyosatni ishlab chiqish va resurslarni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqotda ekotizim xizmatlarini iqtisodiy baholashning turli usullarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan, ularning kuchli, zaif tomonlari va turli kontekstlarga muvofiqligi yoritilgan. Maqolada ekotizim tovar va xizmatlarini baholashda keng qo‘llaniladigan to‘rtta usul tahlil qilinadi: 1) bevosita bozor usullari, 2) bilvosita bozor usullari - ochilgan afzallik usullari, 3) belgilangan afzallik usullari va 4) foyda o'tkazish usuli.
Ekotizim xizmatlari, iqtisodiy qiymat, iqtisodiy baholash usullari, afzalliklar, kamchiliklar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.