Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 11-son (2024) · 63–69-betlar
FANLARARO BOG‘LANISHDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Yomg‘irov, O.T., Karimova, N.N., Qodirova, N.T.
DOI: 10.70413/ejar-v04-i11-ps-013 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada fanlararo bog‘lanishda talabalarning kompetensiyalarini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi. Xususan, fizika fanidan o‘quv jarayonlarida nazariya va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish, talabalarda ilmiy dunyoqarash va analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada fanlararo integratsiya orqali talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida ta’lim mazmunini turli sohalarga bo‘lish, ularning integratsiyasi orqali talabalar bilimlarini tizimli ravishda kengaytirish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan.
Fanlararo integratsiya, kompetensiyalar, fizikani o‘qitish, axborot texnologiyalari, amaliy ko‘nikmalar, nazariya va amaliyot uyg‘unligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.