Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 11-son (2024) · 278–282-betlar
TA’LIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI OSHIRISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING O‘RNI
Tohirova, Aziza
DOI: 10.70413/ejar-v04-i11-ps-058 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Jamiyat va davlatchilik ildiziga bolta urayotgan illat bu – korrupsiyadir. Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini, qolaversa, O‘zbekistonni ham qamrab olgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi, bilimli, yetuk kadrlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ilmsizlik, manqurtlik va shaxsiy rivojlanmaslikning ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayotganligini ta’kidlab o‘tishimiz joiz. Jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi qay darajada oqilonaligi allaqachon isbotlangan. Shu sababli biz korrupsiyani yo‘qotish uchun avvalambor, uning kelib chiqish ildizi qayerdaligini bilishimiz kerak. Sifatsiz kadrlarning yetishib chiqishi tibbiyot sohasida yetarli darajada insonlar hayotiga xavf silmoqda. Bu ham bejiz emas, albatta, ta’lim sohasida korrupsiyaning ko‘zga ko‘rinarli darajada gurkirab rivojlanayotganligining belgisidir. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holatda oliy ta’lim va tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlarni jahon tajribasi asosida yo‘qotishning ba’zi usullari tahlil qilinadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.