Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 79–83-betlar

AXBOROT TALIMI SHAROYITIDA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH VA SAVODGA O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI

Pardayeva, K.T.

DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-ps-021 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bolalar nutqini ostirish nazariyasi va texnologiyalar moduli shaxsda nutqiy ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim-pedagogikasi kasbiga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta’limda aniq bilimlarnigina emas,  fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta,  ona tilida nutq o‘stirishning o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro  aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi.

Ekspressiv muloqotchanlik, Impressiv muloqotchanlik, Ijodiy-rivojlantiruvchi muhit, mini muhit, tayyorgarlik davri, savodga o‘rgatish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.