Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 5-son (2023) · 196–201-betlar

TASHQI INVESTITSIYALAR HAJMI BASHORATI UCHUN STATISTIK TAHLIL ASOSIDA MODELLAR

Hakimova, Dildora, Ochilova, Nozima, Sadullayeva, Mavjuda

DOI: 10.5281/zenodo.7980411 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada  bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda har bir mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy rivojlanishi uchun mamlakatga tashqaridan kirib kelayotgan investitsiyalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatga kirib kelayotgan Tashqi investitsiyalar hajmini oshirish uchun unga qanaqa omillar ijobiy ta’sir qilishini va qaysi omillar salbiy ta’sir qilishini aniqlash hamda Tashqi investitsiyalar bilan kuchli, ijobiy bog’liq bo’lgan omillar hajmini oshirish kerak. Buning uchun ishonchli va sifatli bashorat modelini qurish kerak. Sifatli model qurish uchun matematik statistika elementlaridan foydalanilib model qurish bosqichlari ketma-ket amalga oshiriladi va sifati, ishonchliligi uchun bir nechta statistik gipotezalar tekshiriladi. Tadqiqot ishining obyekti mamlakat hududiga kirib keluvchi Tashqi investitsiyalar va tadqiqot ishining predmeti Tashqi investitsiyalar hajmi uchun statistik va ekonometrik tahllillar asosida bashorat modellari tashkil etadi. Tadqiqotning ishining maqsadi mamlakatga kirib kelayotgan Tashqi investitsiyalar hajmini oshirish uchun hisoblash dasturlari yordamida bashorat model qurish va qurilgan model asosida natijalar olishdan iborat. Ushbu maqolada rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib kelayotgan to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi uchun regression tahlil asosida bashorat modeli qurildi. Hamda bashorat modelining asosliligi isbotlangan.

Tashqi investitsiya, xorijiy investitsiya, regression tahlil, regression model.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.