Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 542–543-betlar

OLIY TA’LIM MUASSASALARI SPORT TO‘GARAKLARIDA SHUG‘ULLANUVCHI TALABA-YOSHLARNI FUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARI. YUQT, LAKTAT VA CHIDAMLILIK UCHUN MASHG‘ULOTLAR

Odilov, F.R.

DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-ps-122 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Har qanday jismoniy yuklama bajarganda sport bilam shug‘ullanadigan energiya sarfini ishlanishini taqozo etadi. Organizmimizga turli xil energiya bilan ta’minlovchi tuzilmalar mavjud, ularning xar biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Organizmda energiya ta’minoti tamoyillarini yaxshi bilgan taqdirdagina optimal mashg‘ulot dasturini tuzish va shu asosida mashg‘ulotni tashkil qilish imkoni bo‘ladi. Agar organizmga quloq solib ko‘rilsa, unda ayni daqiqada qaysi biri ishlamayotgan mushaklarni energiya bilan ta’minlash uchun ishga tushganligini yetarlicha aniq bilib olish mumkin. Biroq sport amaliyotida ko‘pchilik sportchilar o‘z organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga e’tibor berishmaydi. Biroq ushbu o‘zgarishlarga asoslanib o‘zlarining mashg‘ulot dasturlariga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin bo‘lar edi. Ko‘pgina sportchilar juda jadal yoki o‘ta bir xilda mashq qiladilar ayrimlari o‘ta past jadallikda mashg‘ulot o‘tkazadilar. Nima bo‘lganda ham, ular ham boshqalar ham hech qachon istalgan natijaga erisha olmaydilar. Mashg‘ulotning optimal shiddatini ikki xil usul bilan: qondagi laktat (sut kislotasi) darajasi o‘zgarishini aniqlash yordamida yoki yurak qisqarishi tezligini (yuqt) aniqlash orqali mashg‘ulotni  boshqarish mumkin. Ikkita usuldan yoki ulardan biridan foydalanib, sprotchilar ko‘pincha mashg‘ulotlar hajmi va shiddati kichik bo‘lgan sharoitda ham yuqori natijalarga erishadilar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.