Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 788–790-betlar

BIG DATA (KATTA HAJMLI MALUMOTLAR)NI SOGʻLIQNI SAQLASH SOHASIDAGI OʻRNI

Bekturidyev, Sanjarbek

DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-ps-180 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Katta hajmli ma’lumotlar (big data) sogʻliqni saqlash sohasida inqilobiy oʻzgarishlarni olib kirmoqda. Ushbu maqola katta hajmli ma’lumotlarning tibbiy amaliyotda, diagnostikada, profilaktikada va davolash jarayonlarida qanday qo'llanilayotganiga e'tibor qaratadi. Maqolada tibbiy ma’lumotlar tahlili yordamida kasalliklarning erta aniqlanishi va davolash strategiyalarini individualizatsiya qilish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, katta hajmli ma’lumotlarning tibbiyot tadqiqotlari va innovatsiyalarida qanday roʻl oʻynashi, hamda ularning sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Katta hajmli ma’lumotlar texnologiyalarining tibbiy muassasalar samaradorligini oshirish, resurslarni optimal taqsimlash va sogʻliqni saqlash xizmatlari sifatini yaxshilashdagi imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.

big data, volume, variety, velocity, sogʻliqni saqlash, sun’iy intellekt, raqamli texnologiya, mashinali oʻqitish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.