Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 309–313-betlar
INGLIZ TILIDAGI IJTIMOIY REKLAMALARNING LUG’AVIY VA STILISTIK XUSUSIYATLARI
Baxadirov, Jaxangirmirzo
DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-psb-074 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Reklama matni mohiyatan til vositalarining maksimal darajada qo‘llanilishiga moyilligi bilan ajralib turadi. Reklama matnlariga qo‘yilgan muhim talab – “minimal darajada so‘z ishlatib, maksimal darajada axborot tarqatish”.[1] Reklama matnlarini yaratishda iborani lo‘nda, ixcham va ta’sirchan ifodalash, axborot mazmunining boylishi qoidalariga amal qilinadi. Ijtimoiy ryeklamaning maqsad-vazifasi – adresatni ijtimoiy muammolar va ularni bartaraf etish usullaridan xabardor qilish bo‘libgina qolmay, tilning tasvirlash va ifodalash vositalari tizimi orqali uning shuurida yorqin reklama obrazini shakllantirishdir. Inson diqqat-e’tiborini jalb etgan va unga intensiv ravishda ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan reklama doimiy ravishda o‘zgarib turishni talab etadi, negaki, har qanda ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar vaqt o‘tib, eskiradi va, g‘ayriixtiyoriy ravishda qabul qilina boshlaydi. Natijada esa, undagi jonlilik yo‘qolib boradi, demak, reklamaning ishontirish qobiliyati susayadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.