Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 335–342-betlar

TARJIMA: ERKINLIK VA MAS'ULIYAT

Qosimov, A, Avlaqulov, A

DOI: 10.5281/zenodo.14879017 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Badiiy tarjima tarjimonga ikki tomonlama mas'uliyatni yuklaydi. Bir tomonda muallifning pozisiyasida turib tarjima qilish, boshqa tomonda esa oʻquvchining/ kitobxonning badiiy talabini qondirish. Shuning uchun tarjima uchun asar tanlanganda mana shu jihatlarni inobatga olish kerak boʻladi. Badiiy matnni soʻzma-soʻz tarjima qilish orqali kitobxon qalbini egallab boʻlmaydi, buning uchun esa tarjimon birinchi oʻrinda asar muallifi yashagan davrni, muallifga ta'sir qilgan omillarni, muallifning uslubini yaxshi bilish bilan bir qatorda, tarjimaning nozik jihatlarini tushunishi, tahlil qila bilishi va tarjimada aks ettira olishi zarur. Maqolada badiiy adabiyotni tarjima qilishda tarjimonga qoʻyilgan talablar va tarjimonning pozisiyasi muhokama qilinadi.

Badiiy tarjima, she'riy tarjima, soʻz topqirligi, nemis zamonaviy she'riyati, tarjimon mas'uliyati, oʻquvchi va shoir (muallif) munosabati, tarjima tahlili

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.