Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 474–476-betlar
TIL O‘RGANISHDAGI PSIXOLOGIK OMILLAR
Ramazonova, F, G‘ulomjonova, D
DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-psb-114 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada til o'rganishga ta'sir qiluvchi psixologik omillar, jumladan, motivatsiya, xavotir, kognitiv rivojlanish, o'ziga bo'lgan ishonch va ijtimoiy omillar ahamiyati tahlil qilingan.Til o'rganish nafaqat so'zlar va grammatik qoidalarni o'rganish jarayoni, balki bu jarayon insonning psixologik holati, his-tuyg'ulari, e'tibori va motivatsiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Motivatsiya, ichki va tashqi motivatsiya, o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Xavotir esa o'quvchilarni tilni erkin ishlatishdan tortinib, til o'rganish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Piaget va Vygotsky kabi mutaxassislarning kognitiv rivojlanish nazariyalari, o'quvchilarning intellektual qobiliyatlari til o'rganish muvaffaqiyatiga qanday ta'sir qilishini tushuntiradi1. Shuningdek, o'ziga bo'lgan ishonch til o'rganishda muhim omil sifatida ajralib turadi, bu o'quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o'tishga va o'rganish jarayonida faol ishtirok etishga yordam beradi. Maqola, psixologik omillarni tushunishning o'quvchilarning til o'rganishidagi muvaffaqiyatini oshirish va samarali ta'lim strategiyalarini ishlab chiqishda qanday yordam berishini ta'kidlaydi.
Til o‘rganish, psixologik omillar, motivatsiya, xavoti , kognitiv rivojlanish, o'ziga bo'lgan ishonch, ijtimoiy omillar, tilni o'zlashtirish, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.