Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 1189–1193-betlar
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI SHAKLLANTIRISH
Atadjanova, Barno
DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-psb-281 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni shakllantirish bo‘yicha bir necha tavsiyalar keltirilgan. Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik yordamni o‘rni, ahamiyati, amaliy psixologlarning tibbiyot muassasasiga qo‘shilishining bosqichma-bosqich algoritmi bayon etilgan. Hozirgi globallashuv davrida psixologik yordamga muhtoj bemorlarga amaliy psixolog va tibbiy psixologning o‘zaro kelishgan holda birgalikdagi tizimli ishlashining afzalliklari hamda tibbiyot xodimiga nechog‘lik zarurati haqida mulohaza yuritilgan. Bundan tashqari, shifokorning emotsional charchash holatini oldini olish va ushbu holat yuzaga kelganda amaliy psixologning ahamiyati ko‘rsatilgan. Onkologik, narkomaniya, surunkali kasalliklar bilan kasallangan bemorlar va shu toifaga kiruvchi og‘ir kasalliklarda dastlab, tibbiy psixolog tomonidan psixonevrologik yordam ko‘rsatish hamda keyinchalik tiklanish bosqichida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish tuzalish jarayonini tezlashtirish imkoniyatini oshiradi.
Sog‘liqni saqlash, psixolog, tibbiyot, stress, kasbiy charchash, psixologik xizmat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.