Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 12-son (2024) · 1251–1255-betlar
“IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH: TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH VA BARQAROR RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI”
Jumanov, Eshmamat
DOI: 10.70413/ejar-v04-i12-psb-296 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish masalalari kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida xalqaro va mahalliy tajribalar tahlil qilinib, aholining farovonligini baholash uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi aniqlangan. Xususan, tug‘ilish va o‘lim darajasi, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati, daromad va xarajatlarning muvozanati kabi indikatorlarning bugungi holati batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy sohaga oid amalga oshirilayotgan islohotlar turmush darajasini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir chora-tadbirlar samaradorligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, hududiy farqlarni kamaytirish, norasmiy bandlikni legallashtirish va ijtimoiy xizmatlarni teng taqsimlashga oid muammolar mavjudligi qayd etilgan. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining sifatini oshirish, yashil energetika sohasida investitsiyalarni ko‘paytirish kabi takliflar ilgari surilgan.Tahlillardan kelib chiqib, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llash va xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish muhim ekanligi xulosa qilinadi.
IJtimoiy soha, aholi turmush darajasi, aholining daromad darajasi, zamonaviy texnologiyalar, sanitar-gigenik sharoitlar, barqaror rivojlanish, sog‘liqni saqlash xizmatlari, electron hukumat tizimi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.