Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 6-son (2023) · 165–171-betlar

TAJRIBA SHAROITIDA UMURTQA POGʼONASINING TURLI DARAJADAGI SHIKASTLANISH MODELI VA UNDA TAYANCH-HARAKAT TIZIMI OʼZGARISHLARI

Iriskulov, B.U., Azimova, S.B., Dustmuratova, А.H.

DOI: 10.5281/zenodo.8042044 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Odamning tayanch-harakat tizimi dеganda undagi skеlеt va skеlеt muskullaridan tashkil topgan majmua tushuniladi. Dastavval, bu tizim butun bir organizmning tayanchi va ichki organlarni (yurak, oʻpkalar, mе’da-ichaklar, buyraklar, taloq va boshqalar) oʻrab turuvchi himoya qobig’i hisoblanadi. Har bir tirik organizmning yashash usuli bo’lib harakat hisoblanadi. Uning yuzaga kеlishini aynan mana shu tayanch-harakat tizimi amalga oshiradi. Organizmdagi barcha hayotiy jarayonlar doimiy harakat boʻlgandagina me’yorida saqlanadi. Tajriba sharoitida umrtqa pogʻonasi jaroxatining orqa miya shikastlanishi va shikastlanishisiz kechuvchi modelini yaratish va unda yuzaga keladigan tayanch-xarakat apparati faoliyati cheklanishlari hamda metabolik koʼrsatgichlar oʼzgarishlari dinamikasi orasidagi bogʼliqlini oʻrnatish, posttravmatik davr kechishini obʼektiv baxolash mezonlari oʻrganilgan.

Orqa miya shikastlanishi, kasallik tarqalishi, toz a'zolarining disfunktsiyasi, eksperimental umurtqa pogʻonasi modeli.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.