Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 6-son (2023) · 130–133-betlar

GIPERTONIYA KASALLIGI SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI

Axmadaliyeva, N.O., Bozorova, M.Y., Nigmatullayeva, D.J., Jalolov, N.N.

Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada gipertoniya kasalligi haqida so’z yuritiladi. Gipertoniya kasalligi, birlamchi (essensial) arterial gipertoniya, idiopatik arterial gipertoniya-odamlarda ko’p uchraydigan (75%gacha) arterial qon bosimning oshishidir. Sabablari: turli o’tkir yoki surunkali ruhiy (emotsional) iztiroblar, irsiy yoki kasbiy omillar, ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik va boshqalar. Avvalo bemor o’zining hayot faoliyati, ovqatlanish, ishlash va dam olish rejimini tartibga solishi, semirishga yo’l qo’ymaslik, sho’r va yog’li ovqatlarni kam iste’mol qilishi zarur.

Gipertoniya kasalligi, arterial qon bosimi, yurak-qon tomir sistemasi, ruhiy zo’riqishlar, qon bosimi, xafaqon kasalligi, stress, sog’lom turmush tarzi, yurak xuruji, semirish, irsiyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.