Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 7-son (2023) · 76–80-betlar

APPENDEKTOMIYA AMALIYOTINI ERTA BAJARISHNING CHUVALCHANGSIMON O’SIMTA MORFOLOGIYASIDA TUTGAN O’RNI

Safoyev, B.B., Raxmatullayev, J.D, Yarikulov, Sh.Sh.

DOI: 10.5281/zenodo.8198990 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Vobkent tumani subfilialida 2021-2022 yilda appendektomiya amalyoti bajarilgan 368 nafar bemorning kasallik tarixi retrospektiv tahlil qilindi. Bemorlarda o’tkir appenditsit klinik belgilari boshlangandan to appendektomiya amalyoti bajarilgan  vaqtiga qarab quyidagilarga ajratildi. 1A kichik guruhda (n=108) kasalxonaga kasallik belgilari boshlanganidan va 10 soat ichida appendektomiya amaliyoti bajarilgan bemorlar; 1 B kichik guruhida esa ( n = 195) kasallik boshlanganidan 24 soat ichida kasalxonaga yotqizilgan va appendektomiya amaliyoti o’tkazilgan holatlar; 1C- kichik guruhida ( n = 65) kasalxonaga kasallik boshlangandan 72 soat ichida  yotqizilgan va appendektomiya amalyoti bajarilganlar guruhlangan. Olingan natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, erta tashxis qo'yish va operatsiya qilish chuvalchangsimon o’simta morfologiyasiga bevosita aloqador.

Retrospektiv tahlil, chuvalchangsimon o’simta, appendektomiya, morfologiya, patomorfologik o’zgarish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.