Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 222–224-betlar
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ILOVA QURILMALAR
Sobirova, Nigina
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-060 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqola tilshunoslikning stilistika yo‘nalishi uchun dolzarb masalardan biri bo‘lgan ilova qurilmani tilshunoslikdagi til hodisasi sifatida o‘rganilmoqda. Ingliz va o‘zbek tillarida til hodisalari til va nutq masalalari bilan bevosita bog‘liq. Aynan shu jihatdan ilova qurilma hodisasi til masalalarida o’ziga xos xususiyatga ega. Ilova qurilma lisoniy hodisa bo‘lib, so‘zlovchining oldindan o‘ylanmagan biroq qo‘shimcha ravishda bayon etilgan keyingi fikri. U oldingi gapning asosiy ifoda mazmunini kengaytiradi, reallashtiradi, to‘ldiradi va unga aniqlik kiritadi. Bu hodisa orqali so‘zlashuv jarayonida asosiy gapda chala bo‘lib qolgan va aytilishi nihoyatda zarur hisoblangan izoh to‘ldirilishi mumkin. Ilova qurilmani o‘rganish jarayonida, tilshunoslikdagi qator shu kabi yondosh hodisalar bilan munosabati, ular orasidagi o‘xshash va farqli jihatlar muayyan munozaralarga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur maqolada ilova qurilmalarning ba’zi bir yangi xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga ilova qurilmalarning formal-semantik xususiyatlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari va tildagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan va misollar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ilova qurilmalar talqini nafaqat zamonaviy tilshunoslikning bir bo‘lagi sifatida balki chog‘ishtirma-qiyosiy jihatdan o‘rganilib, bu til tizimida o‘zining dolzarbligi bilan muhim rol o‘ynaydi. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pgina lingvistlarni qiziqtirgan ushbu masalada ilova qurilmalar maqola obyekti sifatida qaralgan. Ilova qurilmalar tipologiyasini ilmiy-nazariy manbalar asosida atroflicha o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tadqiqotimizning dolzarbligi va zaruriyatini tashkil etadi.
Ilova qurilmalar, parsellyatsiya, formal xususiyat, semantik xususiyat, tipologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.