Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 230–234-betlar

NAVOIYSHUNOSLIKDA QO‘LYOZMALAR BILAN ISHLASHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Sultonmurod, Olim

DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-062 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirga qadar buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlari to‘liq holda kirill yozuvi asosidagi eski va lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbolarida chop etildi. Bunda arab yozuvi asosidagi o‘rta asrlar o‘zbek alifbosida bitilgan qo‘lyozmalar matnlari transkripsiya qilindi. Ammo ba’zan muammoli nuqtalar ham uchraydiki, mutaxassis bunday holatlarda, albatta,  manba bilan  ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ma’ruzada navoiyshunoslikda qo‘lyozma bilan ishlashning o‘rni va ahamiyati ko‘rsatiladi. Bunda Navoiy asarlarining kirill yozuvi nashrlarini qo‘lyozma bilan qiyosan o‘qish zarur bo‘lgan nuqtalar tahlilga tortiladi

Navoiy, “Xamsa”, ruboiy, qo‘lyozma, matn, arab tili, harf, tovush, yozuv, ma’no, mazmun, mohiyat, ahamiyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.