Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 480–483-betlar
MUHAMMAD YUSUFNING “ULUG‘IMSAN, VATANIM” SHE’RIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQINI
Ravshanova, Gulruh
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-132 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Muhammad Yusufning poetikasiga nazar tashlandi. “Ulug‘imsan, Vatanim” to‘plami va unga jamlangan she’rlari, xususan, “Ulug‘imsan,Vatanim” she’ri ham atroflicha o‘rganildi. Muhammad Yusuf bu asari orqali butun o‘zbek xalqining ming asrlik tarixini bir nuqtaga jamlab, bu orqali o‘z ijodining sarhadi juda keng va albatta kuchli so‘z sohibi ekanligini yana bir bor isbotlab berdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shoir yaratgan asarlari jamiyki ijod olami orqali, xalqini birdamlik, hurfikrlililik kabi oliy tuyg‘ularni anglashga undadi. Aynan, “Ulug‘imsan, Vatanim” she’ri orqali Vatan uchun kamarbasta bo‘lib, o‘z jonini qurbon qilganlar, olim-u fozillar: Shiroq, Muqanna, Jaloliddin, Bobur, Navoiy, Temur Maliklarning obrazlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Qolaversa, yurt sha’ni, xalqining qadr-qimmati, erki va faravon yashashi yo‘lida qurbon bo‘lgan adiblarimiz: Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Cho‘lponlarning achchiq qismati yoritilgan ushbu asarni qarashlarimiz ila atroflicha o‘rganib, tahlilga tortishga urindik.
Vatan, yurt, hoqon, zamin, tuproq, quduq, chinor, tumor.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.