Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 484–486-betlar

“BOBURNOMA” DAGI FITONIMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Rasulova, Gulbahor

DOI: 10.5281/zenodo.13302475 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbek tilining qardosh turkiy tillar orasida eng boy va serqatlam bo‘lishida, rivojlangan jahon tillari qatoridan munosib joy egallashida, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida ulug‘ shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning o‘rni beqiyos. Bobur asarlarining lug‘at boyligi deb ataluvchi leksik tizimning mohiyatini, so‘zlarning qo‘llanish doirasini, hajmi va chegarasini belgilash o‘zbek tilshunosligi fani uchun dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbek tilshunosligida turli sohalarga doir so‘z va terminlar maxsus o‘rganilgan bo‘lsa-da, Bobur mirzo ijodi bilan bog‘lik mukammal, umumlashtirilgan leksikologik tadqiqotlar ko‘p emas. Bobur asarlari tili leksik boyligining ma’lum qismini o‘simliklar dunyosini aks ettirgan so‘zlar tashkil qiladi. Ushbu maqolada “Boburnoma” da uchraydigan fitonimlar haqida so‘z boradi va tahlilga tortiladi.

fitonimlar, fitonimlarning semantik jihatdan bo‘linishi, poliz ekinlari nomlari, don ekinlari nomlari, daraxt nomlari, o‘t-o‘lan nomlari, sabzavot nomlari, gul nomlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.