Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 490–493-betlar
NAQSHBANDIYA TARIQATI RIVOJIDA MAVLONO ORIF DEGGARONIYNING O‘RNI
Quvonov, Sardor
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-135 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Movlono Orif Deggaroniy tasavvuf ta’limoti g‘oyalarining O’rta Osiyoda keng targ‘ib etilishida o’zining munosib hissalarini qo’shgan sufiylardandir. Bahouddin Naqshbandning Naqshbandiya ta’limotining keng yoyilishida va bu ta’limotning asoslari yaratilishida, Bahouddin Naqshbandning ma’naviy piri, do’sti sifatida Orif Deggaroniyning ham munosib o’rni bor. Mavlono Orif deggaroniyning boy madaniy merosi va tasavvuf ta’limotining g‘oyalari bugungi yoshlar ongida ma’naviy tarbiya sifatlarini jonlantirish zarurati har qachongidan ham zaruroqdir. Mavlono Orif Deggaroniyning shaxsiy sifatlaridan, ul zot avliyolik darajasini uchta xislatlar kamolotida ko’radi. Baland darajaga yetganda ham kamtarlik qilmoq. Qudratu, sabur toqati yetgunicha parxezkorlik qilmoq. To kuchi yetguga qadar insof qilmoqlikdir. Movlono Orif Deggaroniyning hayot yo’li va u zotning ustoz-shogirdlik silsilalari doirasida islom dinining ma’naviy qiyofasini dunyoga tanitishdagi xizmatlari ham kam emasdir. Chunki bu kabi tasavvuf namoyondalari targ’ibotlari va hayot yo’li davomida qilingan ishlari samarasi, islom dinini dunyoga “bosqinchi din” sifatida emas, nur sifatida qabul qilinishiga xizmat qildi. Bunday buyuk allomalarning ko’pchiligini O’rta Osiyolik Mavlono Orif Degaroniyga uxshagan ko’plab tasavvuf sufiylari tashkil qilishligi haqida so’z boradi.
Islom dini, Tasavvuf, Mavlono Orif Deggaroniy, Faxriddin al Voiz Koshifiy.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.