Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 649–653-betlar
GLOBAL KO‘P MADANIYATLI SIVILIZATSIYA VA MODERNIZATSIYA SINTEZINING O‘ZBEKISTON IJTIMOIY-MADANIY HAYOTIGA TA’SIRI
Xo‘jamberdiyev, Tursunpo‘lat
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-176 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada Sharq va G‘arb texnogen sivilizatsiyalarining axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq jarayonlar yoritilgan. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi dunyoqarash prinsiplari ham, u bilan bog‘liq axloqiy mezonlarning o‘zgarishiga olib kelganligi asoslab berilgan. Masalan, G‘arbda sivilizatsiya shakllanishining ilk davrlarida ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar, muqaddas davlatchilik urflari, jamiyatni bu dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam tomonidan boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan tashkillanish strukturalari intizomi kabilar ifodalangan bo‘lsa, Sharqda ham sivilizatsiyaning keyingi yuqoriroq bosqichlarida esa ma’lumotli yuqori qatlam tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy me’yorlar ishlab chiqilganligi asoslangan. Jamiyat strukturasida sodir bo‘lgan yangi o‘zgarishlar natijasida yangi axloqiy qadriyatlar yaratilganligi ochib berilgan.
texnogen sivilizatsiya, axloqiy mezon, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy-ekologik tarbiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.