Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 773–777-betlar
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Djumabayeva, Nodira
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-212 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy o‘sish haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
inflyatsiya, byudjet taqchilligini, yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy o'sish, real daromad, moliyaviy barqarorliк.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.