Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 850–853-betlar

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH: MA’LUMOTLAR, TAHLILLAR, ISTIQBOLLI REJALAR

Mustafaqulov, Yangiboy, Musurmankulova, Gulchexra

DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-233 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada kambag‘allikni bartaraf etish, ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda aholini o’z-o’zini ish bilan band qilish, bu bilan mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirishga erishish choralari hamda ushbu muammolar bilan bog’liq yechimlarni topish maqsadida  tadqiqotlar olib borgan xorijiy olimlarning ilmiy ishlari mazkur tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Bir qancha olimlar tomonidan olib borgan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, global qashshoqlikni qisqartirish bo'yicha dunyo bo'ylab amalga oshirilayotgan minglab dasturlar, kambag'al davlatlarga ko'rsatilayotgan oziq-ovqat va boshqa yordamlar, fan-texnika va tibbiyot yutuqlari insonlarni ocharchilik va o'limdan saqlab qolayotgani hamda sayyoramizdagi resurslar har bir insonni yetarlicha oziq-ovqat bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar va ular bilan bog’liq natijalar ham tahlil sifatida berib o’tilgan.

Aholi turmush darajasi, ish bilan bandlik, ishsizlik, kambag’allik, o’z-o’zini band qilish, tadbirkorlik, mulk huquqidan foydalanish, mehnat unumdorligi, aqliy salohiyat, imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.