Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 9-son (2023) · 16–24-betlar
FIZIK-KIMYOVIY USULLAR, RENTGYEN FLUORESSENTI YORDAMIDA ARXEOLOGIK TOPILMALARNI TARKIBINI O'RGANISH
Diyarov, A. A., Avazgeldiyev, B.P.
DOI: 10.5281/zenodo.8333218 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada, qadimiy Termizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan I-IV-asrga oid, Kushonlar imperiyasi davriga tegishli buddaviy gʻor ibodatxonalari majmuasida 2003-yildagi oʻzbek-yapon qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qoʻlga kiritilgan, ganchdan yasalgan Arxeologik artifakt parchalaridagi mineral boʻyoqlar tarkibi, Rigaku firmasining NEX DE energiya dispersiv rentgen fluoressenti spektrometridan foydalanib oʻrganildi. Tahlil qilingan oq, qora, va qizil rangga boʻyalgan qismlarda asosiy rang beruvchilar sifatida qora rangda uglerod (C) qorasidan, qizil rangda gematit (Fe2O3) dan, oq rangda gips (CaSO4‧2H2O) dan foydalanilgan. Boʻyoq hosil qilishda gips (CaSO4‧2H2O), kaltsit (CaCO3), va kaolin Al2O3‧2SiO2‧2H2O lar asosi xomashyo boʻlan degan fikrga kelindi.
Qoratepa yodgorligi, Kushon imperiyasi, Energiya dispersiv rentgen fluoressenti, spektrometr, mineral boʻyoqlar, element tarkibi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.