Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 862–864-betlar
“YASHIL” SANOAT SIYOSATINI YURITISH ZARURIYATI: BOZOR NUQSONLARIDAN YASHIL O‘SISHGACHA
Muqimov, Sherali
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-236 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
maqolada dastlab yashil sanoat siyosatining qisqacha tavsifi, uning an’anaviy sanoat siyosatidan farqli jihatlari bayon qilinadi. So‘ngra yashil sanoat siyosatini yuritish kerakligi bozor nuqsonlari yordamida asoslashga harakat qilinadi. Asosiy nuqsonlar sifatida bozorda yangi texnologiyalar natijasida olinadigan ijobiy samaralarning mukofotlanmasligi, yashil texnologiyalar har doim ham qo‘llab-quvvatlanmasligi, bozorning jahonda sodir bo‘layotgan yashil transformatsiya jarayonlarida raqobatbardoshlilikni saqlab qolishga ko‘maklashmasligi, shuningdek xalqaro darajada harakatlarni muvofiqlashtira olmasligi keltiriladi.
sanoat siyosati, yashil sanoat siyosati, bozor nuqsonlari, subsidiya, investitsiya, ekologik siyosati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.