Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 1208–1210-betlar
ELEKTR TARMOQLARI VA TIZIMLARI REJIMLARINI OPTIMAL BOSHQARISHNING HOZIRGI HOLATI VA TARAQQIYOTINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Turmanova, Gulnaz
DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-329 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi kunda energetika sohasida yuzaga keladigan turli muammolar uchun juda ko‘p optimallashtirish usullari ma'lum. Bundan tashqari, ba'zi usullar faqat ma'lum bir vazifa uchun samarali va boshqalar uchun mutlaqo yaroqsiz. Elektr energetikasi sohasini rivojlantirishning hozirgi bosqichi ajratilgan resurslarga sezilarli cheklovlar sharoitida ulardan foydalanishga bo‘lgan talablarning ortishi bilan tavsiflanadi (ishga tushirishning past sur'atlarini saqlab, energiya sarfini oshirish va energiya ob'ektlarini modernizatsiya qilish va mavjud elektr uzatish tarmoqlarining etarli darajada kengaytirilmaganligi). Bu esa yangi optimallashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni dolzarbligini ko‘rsatadi. Bu borada hozirgi kunda sun'iy intellekt usullaridan foydalangan holda texnik muammolarni hal qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda: mantiqiy, sun'iy neyron tarmoqlar, evolyutsion algoritmlar (EA). Shu bilan birga elektr tarmoqlarini holatlarini genetik algoritmlar yordamida optimallashda cheklovchi va ta’sir etuvchi faktorlarni hisobga olish imkoniyatlarining tadqiqi va ularni takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda.
Elektr tarmoqlari, elektr tizimlari, optimal boshqarish, genetic algoritm, sun'iy entelekt, evalyusion algoritm, tarmoq rejimini hisoblash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.