Eurasian Journal of Academic Research 4-jild 7-son (2024) · 1281–1284-betlar

TIJORAT BANKLARINING MUAMMOLI KREDITLARINI OLDINI OLISH YO‘LLARINI TAKOMILASHTIRISH

Mamirov, Shoxrux, Ergasheva, Lobar

DOI: 10.70413/ejar-v04-i07-ps-350 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar miqdori ko‘payib borayotganligi sababli ,muammoli kreditlar ham  kengayishda davom etmoqda.Banklar raqobatga qarshi kurashda qatnashish uchun xizmatlarining turini va sifatini rivojlantirishga,urg‘u kiritmoqdalar.Shunindek banklar kredit portfelini oshirish va muammoli kreditlarning miqdorini kamaytirish borasida yangi amaliyotlarni joriy etishga intilishmoqda.Bu, tijorat banklarining o‘z kapitalini milliy va xalqaro standartlarga yaqinlashganligi haqida ilmiy va amaliy maqbul tadqiqotlarni talab etmoqda. Kredit operatsiyalarini bajarishda muammoli kreditlarining paydo bo‘lishi, ularning moliyaviy hisobini xalqaro standartlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilishi zarur ekanligini bildirishmoqda. Mazkur maqolada, bank tizimidagi kredit portfellarini va muammoli kreditlarni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash bo‘yicha qonunchilik doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ularning tahlili mavjud. Bundan tashqari, ushbu sohada kredit berish va qaytarib olish tizimlarining samarali faoliyatini ta'minlash uchun ba'zi maslahatlar ham taklif etilgan..

Tijorat bank,debit, kredit hisob varag‘i, kredit, risk, muddati o‘tgan to‘lovlar, muammoli kredit.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.