Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 65–69-betlar
MILLIY IQTISODIYOTDA MEHNAT RESURSLARINING AHAMIYATI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI
Jumanov, Eshmamat
DOI: 10.5281/zenodo.14869335 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotda mehnat resurslarining ahamiyati va ulardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonida mehnat resurslarining roli va ulardan foydalanish samaradorligi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Mehnat resurslari, ularning shakllanishi va tasniflanishi bo‘yicha nazariy qarashlar hamda iqtisodiy faol va nofaol aholining o‘zaro farqlari tahlil qilinadi. Mehnat resurslarining yosh, malaka, tajriba va boshqa jihatlarga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni boshqarishning dolzarb vazifalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro standartlar va integratsiya jarayonlari sharoitida "iqtisodiy jihatdan faol aholi" tushunchasini qo‘llash zaruratiga e’tibor qaratilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha berilgan tavsiyalar mamlakatda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, mehnat bozoridagi talab va taklif, iqtisodiy rivojlanish, malakali kadrlar, mehnat resurslarini boshqarish, bozor iqtisodiyoti, integratsiya jarayonlari, ishchi kuchi samaradorligi, iqtisodiy faoliyat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.