Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 109–111-betlar
O‘ZBEKISTON TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI
Nazarov, Nazar, Shomurodova, Shahnoza
DOI: 10.70413/ejar-v05-i01-ps-028 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati o‘rganiladi. Mamlakatning turistik salohiyatini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurati asoslanadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, onlayn platformalar va aqlli turizm tizimlarining turizm sohasidagi samaradorlikni oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sifatida turizmni rivojlantirish uchun innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbu tavsiyalar O‘zbekistonda turizm sanoatining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashadi.
turizm iqtisodiyoti, innovatsiya, raqamli texnologiyalar, turizm resurslari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.