Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 498–499-betlar

XORIJIY TILLARNI O‘RGATISHDA GAMIFIKATSIYA: O‘QUV JARAYONIDA RAQAMLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Yusupov, Asadbek

DOI: 10.70413/ejar-v05-i01-ps-029 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda xorijiy tillarni o‘rgatishda gamifikatsiya texnologiyalarining samaradorligi o‘rganilgan. Gamifikatsiya, ya’ni o‘yin elementlarining ta’lim jarayoniga kiritilishi, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qilishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda, gamifikatsiya vositalari sifatida Duolingo, Kahoot, Quizizz kabi raqamli platformalar misolida o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faoliyati tahlil qilingan. O‘quvchilarning bilimlarni mustahkamlashda va yangi materiallarni o‘zlashtirishda gamifikatsiya yondashuvlarining muvaffaqiyatli qo‘llanishi ko‘rsatilgan. Biroq, o‘yin elementlaridan haddan tashqari foydalanish diqqatni chalg‘itishi va o‘quv jarayonining samaradorligini kamaytirishi mumkin. Tezisda gamifikatsiyani ta’lim jarayonida oqilona va muvozanatli qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.

Gamifikatsiya, xorijiy tillarni o‘rgatish, raqamli texnologiyalar, o‘yinlashtirish, ta’limda motivatsiya, interaktiv platformalar, Duolingo, Kahoot, Quizizz, o‘quvchilar faolligi, o‘rganish samaradorligi, til o‘rganish metodikasi, pedagogik innovatsiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.