Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 189–191-betlar

HAYOT SUG‘URTASINI IFODALOVCHI STATISTIK KO‘RSATKICHLAR TIZIMI VA ULARNING AXBOROTLAR BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

Hamroyeva, Dilso‘z

DOI: 10.70413/ejar-v05-i01-ps-050 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Jahon iqtisodiyotiga globallashuv sharoitida rivojlangan yetakchi mamlakatlarda aholi o‘rtasida ommaviy bo‘lgan ko‘plab sug‘urta mahsulotlari (xizmatlari) milliy sug‘urta bozorimizga endi kirib kelmoqda. Bunda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda hayot sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urtaning tarqalish ko‘lami, jadalligi va ijtimoiy ahamiyatlilik darajasi yuqori ekanligi bizning mamlakatimizda ham uning istiqbolining barqarorligi va salohiyati yuqori ekanligidan dalolat bermoqda. Ammo, mamlakatimizda “hayot sug‘urtasi”  sohasi to‘g‘risida aholining yetarlicha axborotga ega emasligi, ilmiy-nazariy va uslubiy manbalarning taqchilligi sabab sug’urta madaniyati, ayniqsa hayot sug‘urtasi bo‘yicha tasavvuri va bilimlarning shakllanmaganligiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek sug’urtaning to’laqonli imkoniyatlaridan foydalanishga to’siq bo’lmoqda Shu nuqta-nazardan, ilmiy ishimizning mazkur bosqichida hayot sug‘urtasining mohiyati, mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beramiz.

Milliy sug‘urta bozori, xizmatlar, hayot sug‘urtasi, shaxsiy sug‘urta, sug’urta madaniyati, ijtimoiy himoya, aralash sug‘urta, sug‘urta mentaliteti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.