Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 414–415-betlar
ISTIQBOLLI RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI
Berdiyeva, Aziza
DOI: 10.70413/ejar-v05-i01-ps-061 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Har qanday iqtisodiyotda jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan iqtisodiyot - bu raqamli iqtisodiyotdir. Raqamli iqtisodiyotning innovatsion g‘oya ekanligi, Jahon banki tomonidan 2016 yil ―Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza: raqamli dividendlar ma’ruzasida ma’lum qilingan. Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv jarayoni - o‘zaro aloqalarni boshqarishning komp’yuterli tizimi bo‘lib, insoniyatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma’lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib boradi.
sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar, 3D-texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.