Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 452–454-betlar
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA STARTAPLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI INFRATUZILMANING ROLI
Abidov, Adhamjon, Qahhorova, Gulchehra
DOI: 10.5281/zenodo.14899622 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va raqamli infratuzilmaning startaplarni rivojlantirishdagi ahamiyatini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Maqolada, AKT va raqamli infratuzilmaning startaplar uchun qanday imkoniyatlar yaratishi, ularning innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish, global bozorlarga chiqish, resurslarni optimallashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish kabi sohalarda qanday yordam berishi yoritilgan. Tadqiqotda, shuningdek, raqamli infratuzilmaning asosiy elementlari — bulutli texnologiyalar, yuqori tezlikdagi tarmoq imkoniyatlari va xavfsizlik tizimlarining startaplarning muvaffaqiyatiga ta’siri batafsil muhokama qilinadi. Bulardan tashqari, maqolada raqamli texnologiyalar va infratuzilmaning iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirlari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli infratuzilma va AKTning startaplarni rivojlantirishdagi strategik ahamiyatini aniqlash, amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish va bu sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat. Shuningdek, maqola innovatsion startaplar uchun raqamli infratuzilmaning ulkan imkoniyatlarini va ularni samarali boshqarishning muhim jihatlarini ta’kidlaydi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli infratuzilma, startaplar, innovatsion mahsulotlar, global bozorlar, resurslarni optimallashtirish, bulutli texnologiyalar, tarmoq imkoniyatlari, xavfsizlik tizimlari, operatsion samaradorlik, iqtisodiy ta’sir, ijtimoiy ta’sir, strategik ahamiyat, ilg‘or tajribalar, raqamli texnologiyalar, samarali boshqarish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.