Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 486–487-betlar

STARTAPLARNI RIVOJLANTIRISH UCHUN SUN’IY INTELLEKT VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR IMKONIYATLARI

Baxromov, Omadillo

DOI: 10.70413/ejar-v05-i01-ps-131 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarning startaplarni rivojlantirishdagi o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sun’iy intellekt ish jarayonlarini avtomatlashtirish, mijozlarning xatti-harakatlarini tahlil qilish va innovatsion mahsulotlar yaratishda muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tiladi. Bulutli texnologiyalar esa startaplar uchun arzon va moslashuvchan infratuzilma, global bozorga chiqish imkoniyati va ma’lumot xavfsizligini ta’minlaydi. Maqolada O‘zbekistonda ushbu texnologiyalardan samarali foydalanish uchun mavjud muammolar va ularni yengish yo‘llari bo‘yicha takliflar beriladi. Xususan, davlat dasturlarini kengaytirish, soliq imtiyozlari joriy etish va texnologik bilimlarni oshirishga qaratilgan treninglar tashkil etish zarurligi ta’kidlanadi.

Sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, startaplar, raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, texnologik yechimlar, avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya, AKT, startap ekotizimi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.