Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 1-son (2025) · 630–633-betlar
O'ZBEKISTONDA BIZNES MUHITINI YAXSHILASH VA INVESTITSION LOYIHALARDAN FOYDALANISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Shadmankulov, Azamat
DOI: 10.70413/ejar-v05-i01-ps-176 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqola O'zbekistonda biznesni rivojlantirish va investitsion loyihalar asosida samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy usullarni va ularni takomillashtirish yo'llarini tahlil qiladi. O'zbekistonning iqtisodiy islohotlar jarayoni va investitsiya muhiti muhokama qilinadi, shuningdek, biznesning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar, xususan, davlat va xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlik, qonuniy asoslar, iqtisodiy sharoitlar, va moliyaviy imkoniyatlar tahlil etiladi. O'zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, xususan, soliq siyosati, korporativ huquq va biznesni boshqarish tizimidagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Maqolada shuningdek, O'zbekistonda investitsiyalarning jozibadorligini oshirish va investitsion loyihalarning samaradorligini ta'minlash uchun qanday yangi texnologiyalarni joriy etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligi haqida fikrlar bildirilib, ushbu sohalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun innovatsion yechimlar taklif etiladi. O'zbekistonda biznesni rivojlantirishning keyingi bosqichlarini rejalashtirishda, shuningdek, mamlakatning geosiyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini inobatga olgan holda, yangi investitsiya loyihalarini joriy qilish uchun ilg'or yondashuvlar va metodologiyalarni qo'llash muhimligi ta'kidlanadi. O'zbekistonning investitsion yondoshuvlarini takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklik, yangi texnologiyalarni jalb etish va ta'lim tizimini rivojlantirishning ahamiyati katta.
Biznesni rivojlantirish, investitsion loyihalar, iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhiti, davlat-xususiy hamkorlik, texnologiyalar, eksport imkoniyatlari, infratuzilma loyihalari, soliq islohotlari, moliyaviy imkoniyatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.