Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 5-son (2025) · 97–101-betlar

DANIYA VA GERMANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI VA LAKTATSIYA FAOLIYATI

Suyunova, Z.B., Xolmurodov, S.N., Yaxyayev, B.S.

DOI: 10.5281/zenodo.15868837 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligi va uning xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar hayvonlarning irsiy omili bilan bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkichlar har bir zot bilan alohida olib boriladigan naslchilik ishi natijasida shakllanadi. Mazkur maqolada Daniya va Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldoriligini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar va laktatsiya faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha Germaniya seleksiyasiga mansub sigirlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, shu jumladan: laktatsiya davomida sut sog‘imi 11,8%, sutdorlik koeffitsiyenti 6,7 %, 4% li sut miqdori 5,6%, umumiy sut yog‘i chiqimi 9,8 % va sut oqsili 10,6 %.

Golshtin zoti, laktatsiya, seleksiya, laktatsiya egri chizig‘i, sutdorlik koeffitsiyenti, sut yog‘i, sut oqsili, 4 % li sut miqdori, sut berish tezligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.