Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 6–15-betlar
YAPONIYADA BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHIGA YASHIL RAQAMLASHTIRISHNING TA’SIRI
RUZIYEV, OYBEK, SHOYDULOVA, MAFTUNA
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-001 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yaponiyada barqaror turizmni rivojlantirish jarayonida yashil raqamlashtirishning o‘rni va iqtisodiy ta’siri tahlil qilinadi. Mamlakatning demografik va ekologik muammolar fonida raqamli texnologiyalar orqali turizmni ekologik barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar, jumladan aqlli infratuzilmalar, raqamli yo‘nalish boshqaruvi, va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yaponiya misolida yashil texnologiyalar orqali karbon izini kamaytirish, turistik hududlarda barqaror iste’mol madaniyatini shakllantirish va sayohatchilarning ekologik xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari baholanadi. Tahlil davomida global tajribalar bilan solishtirma yondashuv qo‘llaniladi va O‘zbekiston uchun ham mos strategik yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.