Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 23–27-betlar
YANGI O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TA’LIMNING RIVOJLANISHI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)
ABDULLOYEV, SHERQO‘ZI, TADJIYEV, UMID
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-005 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida mamlakatimizda raqamli ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari Samarqand viloyati misolida o‘rganilgan. Xususan, 2017-yildan so‘ng mamlakatimizda raqamli ta’limni amalga oshirish borasida davlat rahbari va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar va ularning soha rivojidagi ahamiyati bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son farmonining qabul qilinishi natijasida ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Samarqand viloyatida raqamli ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar tahlil etilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.