Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 48–57-betlar
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNING SOLIQ INTIZOMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI
JURAYEV, AXMAD
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi, transchegaraviy tranzaksiyalar va kriptovalyutalarning kengayishi an’anaviy soliq nazoratini samaradorligini pasaytirmoqda, bu esa yashirin iqtisodiyotning o‘sishi va soliq tushumlarining kamayishiga olib keladi. Shu bois, blokcheyn texnologiyasini soliq ma’muriyatchiligiga joriy etish soliqdan bo‘yin tovlashni kamaytirish, shaffoflikni oshirish va soliqlarni real vaqt rejimida yig‘ish imkonini beradi. Maqolaning maqsadi – global raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq intizomi va ma’muriyatchilikdagi muammolarni o‘rganish, blokcheyn texnologiyasining afzalliklarini tahlil qilish, rivojlangan davlatlar tajribasini ko‘rib chiqish va O‘zbekistonda uning joriy etilishining huquqiy, texnik hamda tashkiliy asoslarini ishlab chiqishdir. Tadqiqot asosiy e’tiborni soliq intizomini mustahkamlash va firibgarlikni kamaytirishda zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan blokcheynning imkoniyatlariga qaratadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.