Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 103–106-betlar
JANUBIY HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN SOYA (GLYCINE MAX L.) NAVLARIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINI ANIQLASH VA TAQQOSLASH
ERGASHEVA, MAHFUZA
DOI: 10.5281/zenodo.17279229 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Janubiy hudud sharoitida yetishtirilgan ikki kechpishar soya navi O‘zbek-6 va Barakaning transpiratsiya intensivligi gravimetrik usul yordamida aniqlanib, fenologik bosqichlar bo‘yicha taqqoslandi. Tajriba 4 ta takror va har bir takrorda 10 ta namunadan olinib amalga oshirildi. Transpiratsiya ertalab va kechqurun o‘lchovlari asosida g/plant/day va leaf-area-normalized (mmol H₂O m⁻² s⁻¹) birliklarida hisoblandi. Janubiy hududlarda yetishtirilayotgan kechpishar soya navlari yuqori harorat va suv rejimiga moslashish jarayonida transpiratsiya intensivligini fiziologik mexanizmlar orqali tartibga soladi. Bu esa nafaqat suv balansini saqlashga, balki hosildorlikni barqaror ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.