Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 245–248-betlar
IKKINCHI JAHON URUSHIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI MAVZUSINI KINOFILM ORQALI O‘RGANISHNING AFZALLIKLARI
MAXMATKULOVA, NOZIKOY, ESHBO‘RIYEV, SARDORBEK
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-054 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur ishda Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining ishtiroki hamda urush yillaridagi fidokorona mehnatini o‘quvchilarga kinofilmlar orqali o‘rgatishning afzalliklari tahlil qilingan. Kinofilmlar tarixiy voqealarni jonli tasvirlarda namoyish etib, o‘quvchilarda chuqur hissiy ta’sir uyg‘otadi, vatanparvarlik, jasorat va sabr-toqat kabi qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, dars jarayonida “Shaxsiy front”, “Men chinor daraxti”, “General Sobir Raximov” kabi tarixiy filmlardan foydalanish tajribasi orqali mavzuni samarali o‘rganish usullari ko‘rsatib berilgan. Ushbu yondashuv nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki o‘quvchilarning tarixiy tafakkuri va estetik didini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.