Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 261–264-betlar

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI ORQALI AXLOQIY FAZILATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI

HUKIMAEV, KAMOLIDDIN

DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-058 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzining zamonaviy jamiyatda shaxs axloqiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda sog‘lom hayot tarzi unsurlari – jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, psixologik barqarorlik – inson ma’naviy-axloqiy kamolotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda o‘rganiladi. So‘rovnoma va nazariy tahlil usullari orqali sog‘lom turmush tarziga amal qilishning sabr-toqat, mas’uliyat, iroda kuchi va halollik kabi fazilatlarni rivojlantirishdagi roli ochib beriladi. Maqolada yoshlar tarbiyasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali sog‘lom va axloqiy barkamol jamiyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sog‘lom turmush tarzi va axloqiy qadriyatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi va bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning ahamiyatini asoslab beradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.