Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 287–297-betlar

MA’NAVIY TARBIYADA GAMIFIKATSIYA (O‘YINLASHTIRISH) TEXNOLOGIYASI (JADIDCHILIK G‘OYALARI MISOLIDA)

Kamolova, Ozodakhon

DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-064 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda o‘yinlashtirish (gamifikatsiya) texnologiyasining imkoniyatlari ilmiy-pedagogik jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda jadidchilik harakatining ilg‘or g‘oyalari, xususan, ma’rifatparvarlik, ilm-ma’rifatga intilish va milliy o‘zlikni anglash kabi tamoyillar o‘yinlashtirish texnologiyasi orqali ta’lim jarayoniga integratsiya qilinadi. Maqolada jadidlar merosini o‘qitishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan intellektual o‘yinlar, viktorinalar, loyihaviy topshiriqlar va ro‘lli o‘yinlarning tuzilishi, ularni amalga oshirish metodikasi hamda kutilgan pedagogik natijalar yoritilgan. Tadqiqot ishi o‘quvchilarda mavzuga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish orqali Jadidlar g‘oyalarini chuqur anglab yetishga erishishini nazariy va amaliy misollar bilan isbotlaydi. Maqola mualliflari tomonidan taklif etilgan texnologiya nafaqat maktablarda, balki oliy ta’lim muassasalarida ham ma’naviy-axloqiy tarbiya darslari va darsdan tashqari tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Maqolaning amaliy qismida oliy ta’lim o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma aks ettiriladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.