Eurasian Journal of Academic Research 5-jild 9-son (2025) · 301–304-betlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QUV FAOLIYATIGA SAMARALI TA’SIR ETUVCHI IRODAVIY SIFATLAR
MA’RUFJONOVA, ROHILA
DOI: 10.70413/ejar-v05-i09-ps-066 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatida irodaviy sifatlarning tutgan o‘rni yoritib beriladi. Unda iroda tushunchasi, uning psixologik xususiyatlari, shuningdek, iroda orqali o‘quvchilarning ta’lim jarayonida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, samarali o‘quv faoliyatini tashkil etishda qat’iyatlilik, mustaqillik, mas’uliyatlilik kabi irodaviy sifatlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada psixologik-pedagogik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida irodaviy sifatlarni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim talablari asosida irodaning asosiy komponentlari – sabr-toqat, qat’iyatlilik, maqsadga intilish, o‘zini boshqara bilish kabi sifatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.