Ma’lumki, akademik yozuv muayyan funktsiyalarni bajaradigan turli janrdagi matnlarni o’z ichiga oladi. Ushbu funktsiyalardan biri – tanqidiy baholash, ya’ni ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan maqola, dissertatsiya va unung avtoreferati, shuningdek, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanmalari kabi ilmiy-ijodiy ishlarni taqriz qilish uchun xosdir. Maqolada taqrizning akademik yozuv janri sifatidagi ahamiyati, maqsad va vazifalari haqida fikr yuritiladi.