Фарғона методика мактаби 1-son (2025) · 64-69-betlar
INKLYUZIV TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR: AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLAR
Isaqova Zulhumor Ismoiljon qizi
Annotatsiya
Mazkur maqola inklyuziv ta’limda pedagogik yondashuvlarning an’anaviy va zamonaviy usullarini tahlil qiladi. Inklyuziv ta’lim, har bir o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos ravishda ta’lim berish tizimiga asoslanadi. Maqolada an’anaviy ta’lim usullarining xususiyatlari, ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan, diferensatsiyalash, kooperativ o‘qitish, texnologiyalarni qo‘llash va o‘quvchining faol ishtiroki kabi metodlar tahlil etiladi. Inklyuziv ta’limda har bir o‘quvchining o‘ziga xos ehtiyojlarini inobatga olish, ta’lim jarayonini yanada samarali va teng huquqli qilishga yordam beradi. Ushbu maqola an’anaviy va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning integratsiyasi inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga qanday ta’sir qilishini yoritadi.
Inklyuziv ta’lim, pedagogik yondashuvlar, an’anaviy usullar, zamonaviy usullar, diferensatsiyalash, kooperativ o‘qitish, texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim metodlari, ta’lim tizimi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.