Predator-nashrlarga qarshi siyosat
Oxirgi yangilanish: 2026-09-02
Sindex ilmiy nashr madaniyatini ko'taradigan platforma bo'lishga intiladi. Shuning uchun quyidagi amaliyotlar platformada taqiqlanadi: ham o'zimiz uchun, ham a'zo jurnallar uchun:
- Soxta yoki o'ylab topilgan "Impact Factor" va shunga o'xshash ko'rsatkichlarni e'lon qilish;
- doi.org'da ochilmaydigan identifikatorni DOI deb ko'rsatish;
- "Kafolatlangan indekslash", "kafolatlangan nashr" yoki "OAK kafolati" va'dalari;
- Taqrizsiz (yoki soxta-taqrizli) "tezkor nashr" sotish;
- To'lov shartlarini yashirish: APC har doim ochiq e'lon qilinadi, to'lov faqat maqola qabul qilingandan keyin olinadi;
- Obro'li bazalar (Scopus, Web of Science, DOAJ) nomidan yolg'on da'volar.
A'zo jurnallar uchun
Sifat kartasidagi ma'lumotlarda (litsenziya, APC, taqriz siyosati) muntazam yolg'on aniqlanishi jurnal bilan hamkorlikni to'xtatishga asos bo'ladi. Jurnal o'z sahifasini istalgan payt tekshirishi va tuzatish so'rashi mumkin.
Xabar berish
Platformadagi biror jurnal yoki maqolada predator-amaliyot belgisini ko'rsangiz: info@in-academy.uz. Har murojaat ko'rib chiqiladi va natijasi haqida javob beriladi.
Yondosh hujjat: Ko'rsatkichlar metodikasi